PFEP.uz Kirish Ro'yxatdan o'tish
Plan For Every Part

Har bir tovar uchun aniq ombor rejasi

Ishlab chiqarish rejasini yuklang, tizim har bir tovar uchun MIN/MAX zaxirani, kerakli poddon, yacheyka, stellaj sonini va ombor maydonini o'zi hisoblaydi.

@gmail.com yoki @mail.ru bilan ro'yxatdan o'ting, to'lovni tasdiqlang — sizga alohida toza baza beriladi. Excel faylingizni (PFEP.xlsm) bir marta yuklaysiz.
PFEP nima?

Bitta jadvalda tovar haqida hamma narsa

PFEP — Plan For Every Part, ya'ni «har bir detal uchun reja». Lean ishlab chiqarishdan chiqqan usul: har bir tovar uchun nima, qancha, qanday va qayerda degan savollarga aniq javob.

Nima

Kod, nomi, kategoriya va yetkazib berish turi.

Qancha kerak

Oylik ishlab chiqarish rejasi va kunlik sarf.

Qancha saqlash

MIN va MAX zaxira — buyurtma chegarasi va yuqori chegara.

Qanday qadoqlanadi

Qutidagi dona, poddondagi quti, o'lcham va og'irlik.

Qayerda turadi

Ombor manzili (DLOC), yacheyka va stellaj.

Qayerdan keladi

Yetkazib beruvchi va turi: import, kargo yoki mahalliy.

Imkoniyatlar

Excel'dagi ishni tezroq va xatosiz qiladi

Formulalar yo'qolmaydi, fayl og'irlashmaydi, hamma bitta ma'lumot bilan ishlaydi.

Dashboard

Butun ombor bir qarashda

MAX poddon, qoldiq, farq va kerakli m². Kategoriyalar va oylar bo'yicha grafiklar.

Ogohlantirish

Buyurtma kerak / Ortiqcha

Qoldig'i MIN'dan kam tovarlar va MAX'dan oshib ketganlar avtomatik ajratiladi, buyurtma miqdori taklif qilinadi.

Reja

Yillar bo'yicha reja

Tovar × 12 oy jadvali, joyida tahrirlash yoki Excel'dan import. 2025, 2026 va keyingi yillar.

Qadoq

Poddon parametrlari

Poddondagi dona, og'irlik va L×W×H o'lchami qadoq ma'lumotidan o'zi hisoblanadi.

Ombor

Maydon hisobi

4, 5, 6 va 8 qavatli stellajlar uchun stellaj soni, proxod va jami m² variantlari.

Xavfsizlik

Rollar va jurnal

Administrator, rejalashtiruvchi, omborchi, rahbar. Har bir o'zgarish kim va qachon qilgani bilan yoziladi.

Qanday ishlaydi

To'rt qadam

Ro'yxatdan o'ting

E-mail bilan akkaunt oching, to'lov qilib chekni yuklang. Tasdiqlangach sizga alohida baza ochiladi.

Excel'ni yuklang

PFEP.xlsm faylingizdagi tovarlar, qadoq, reja va qoldiq bir marta import qilinadi, MIN/MAX kunlarni sozlaysiz.

Yangilab boring

Reja va qoldiqni Excel shablon orqali yoki qo'lda kiriting.

Qaror qiling

Dashboard'dan qaysi tovarni buyurtma qilish va qayerda joy bo'shatish kerakligini ko'ring.

Hisob mantiqi

Reja → zaxira → poddon → m²

Formulalar sizning PFEP jadvalingizdagidek. Faqat endi ular bitta joyda saqlanadi va tovar kodi bo'yicha bog'lanadi.

Yetkazib berishMAXMIN
Import (rastamozhka)60 kun10 kun
Kargo40 kun5 kun
Mahalliy7 kun5 kun
// kunlik sarf
kunlik = oylik_reja / 30
// zaxira chegaralari (dona)
MAX = ⌈kunlik × max_kun⌉
MIN = ⌈kunlik × min_kun⌉
// poddonga aylantirish
poddondagi_dona = qutidagi_dona × qatorlar × qatordagi_quti
poddon = MAX / poddondagi_dona
// stellajdagi poddon avtomatik: yacheyka × qavat
yacheyka = poddon / 3   stellaj = poddon / (3 × 5)
1 000+tovar bitta ro'yxatda
12 oyreja va poddon ehtiyoji
2 soniyaExcel faylni import qilish
4 rolruxsatlar va jurnal
Aloqa

Tizimni o'z omboringizda ko'rmoqchimisiz?

Ma'lumot qoldiring — Excel faylingiz asosida tizimni sozlab, ko'rsatib beramiz.